Янгиликлар
04
Mirzaobodlik Samandar Kamolov Umummilliy Konstitutsiya imtihoni g'olibi
Bugun Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda Mirzaobod tumani Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan maktab internatininig 11-sinf o‘quvchisi Kamolov Samandar Asatulla o'g'li faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Ushbu tanlov haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor bo‘ldim, adliya xodimlari maktabimizga kelib targ‘ibot o‘tkazganida imtihonda ishtirok etish istagini bildirdim va saytda ro‘yxatdan o‘tib, tanlov shartlari bo‘yicha ma’lumot oldim, - deydi Samandar Kamolov. Ustozim Jahongir aka Asqarov bugungi yutuĝimning asosiy sababchi. Biz ustoz bilan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani mukammal o‘rgandik, har bir modda va normalarni sharhlab, ularning ahamiyati haqida fikr almashdik.
Ha, bilim, iqtidor va intilish bor joyda yuksalish bo‘ladi, g‘alaba bo‘ladi. Mirzaobodlik Samandar Kamolovni intilishlari yorug‘ manzillar sari chorlayversin.