Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi Sirdaryoda keng nishonlanmoqda


Yangi O‘zbekistonning yangi konstitutsiyasi xalqimizning hohish-irodasi, takliflari asosida yaratildi. Bu yilgi Konsitusiya bayramining 31 yilligi shu jihatlari bilan ham xalqimiz uchun ahamiyatlidir. Sirdaryoda konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yillik bayrami bu yil o‘ziga xos ko‘rinish, voha ahlining ko‘tarinki kayfiyati asosida o‘tkazildi.

Bayram Guliston shahridagi Bilimdonlar maskanidan boshlandi. Har yilgidan farqli o‘laroq, “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etilib, xalqimizning erki, huquqini o‘zida ifoda etgan ko‘rgazmalar namoyishi o‘tkazildi. Adliya boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar huquqiy maslahat burchaklarini tashkil qilib, yoshlar hamda fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishda faollik ko‘rsatishdi.

“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi o'quvchilari tomonidan kuiz va chellenjlar tashkil etildi, aholi va yoshlarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha viktorina, “Zakovat” intellektual o‘yinlari amalga oshirildi.

Konstitutsiya bayrami viloyat musiqali drama teatridagi teatrlashtirilgan konser dasturi bilan davom etdi. Bayram avvalida Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev viloyatimizning iqtisodiy qudratini mustahkamlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish, uning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir qator zamondoshlarimiz Sirdaryoning 60 yillik ko‘krak nishonlari hamda viloyat hokimligining fahriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Tantanada Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Jamshid Boirov – Yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.

Bayram teatr aktyorlarining teatrlashtirilgan chiqishlari bilan davom etdi. Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida  Konstitutsiyamizning 31 yillik bayram tantanalari davom etmoqda

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati