Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Bosh Qomusimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi


Asosiy qonunimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun - 8-dekabr har yili umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bosh qomusimizda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topgan. Bu yilgi Konstitutsiya bayrami o‘zgacha ruh va shukuhda tantana qilinmoqda. Sana munosabati bilan Adliya boshqarmasida ham tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi o‘rinbosari Sdham Shayjigitov  kirish soʻzi bilan ochdi hamda yig'ilganlarni bayram bilan tabriklab, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlatchilik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi.  

Shundan soʻng, tadbirning tantanali qismi boshlandi. Samarali mehnati, huquq ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirishda qoʻshayotgan hissasi uchun bir guruh soha xodimlarining mehnatlari munosib e'tirof etildi. Xususan, Guliston shahar FHDY mudirasi Gulhayo Rasulova "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Sayxunobod tuman adliya boshlig‘i Baxtiyor Nazarovga Adliya vazirligining faxriy yorlig‘i,  xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Halima Shodiyevaga O'zbekiston Respublikasi Notarial palatasining faxriy yorlig‘i topshirildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan bir guruh tizim xodimlari xodimlari adliya boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Jonajon mamlakatimizda erkinlik va ozodlikni, mustaqillik va hurlikni tantanali tarzda oʻzida namoyon etuvchi asosiy Qonunimiz - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi barcha yurtdoshlarimizga muborak bo'lsin!

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati