Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

NOYABR OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Hosilbekov noyabr oyida "Oyning eng yaxshi xodimi" deb topildi.

Salohiddin Hosilbekov o‘z faoliyatini bank sohasida, DT “Xalq banki” Sirdaryo viloyat hududiy filiali ssuda muomalalari shoʻbasi ish o‘rganuvchisi lavozimidan boshlagan.

S.Hosilbekov 2014 -2018-yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bosh hisobchisi, 2018-yildan Moliya-iqtisod shoʻbasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Salohiddin Shamiddinovich jamoada o‘z o‘rniga ega, o‘z sohasini yaxshi egallagan bilimli va tajribali xodim sifatida qadrlanadi.
  
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Salohiddin Hosilbekovni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.