Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

“Konstitutsiyada mening huquqlarim” nomli rang tasvirlar tanlovi o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Adliya boshqarmasi tomonidan viloyat xalq deputatlari kengashi huzuridagi jamoat fondi va Nodavlat notijorat tashkilotlari assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Guliston shahar 1-son musiqa va san’at maktabida “Konstitutsiyada mening huquqlarim” nomli rang tasvirlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda Nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo bo‘lgan imkoniyati cheklangan 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari 3 shart bo‘yicha bellashdilar.

Dastlab ishtirokchilar Konstitutsiyada belgilangan inson huquqlari bilan bog‘liq normalarni rang tasvirlar jilosida chizilgan rasmlari bilan aks ettirgan bo‘lsa, ikkinchi shart bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarining chizgan rasmlarini tasvirlab berishi orqali sinovdan o‘tkazildi, uchinchi shartda esa ishtirokchilarning “Konstitutsiyada mening huquqlarim” mavzusida savol-javob shaklda bilimlari baholandi.

Tanlov yakunida hakamlar hayati qarori bilan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanib diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, barcha  ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati