Янгиликлар
13
Nogironlar huquqlari qonun himoyasida
Yangi tahrirdagi Konstitusiyada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha alohida moddalar kiritilib, ularning huquqlari davlat muhofazasida ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Xususan, Konstitusiyaning 57-moddasida mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida qayd etilgan.
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tassarufidagi “Nurli maskan” maktab-internatida “Nogironlarning huquqlari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ayni mavzuda so'z bordi.
Umda Adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig‘i Timur Karimov ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitusiyada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan moddalarning kiritilganligi nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilinishida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Muloqot davomida yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami, xususan nogironligi mavjud bo'lgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati