Янгиликлар
13
HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI
Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik yanada kuchaytirilayotganidan dalolat beradi.
Mirzaobod tumanadliya bo'limi tomonidan tumandagi 532-son harbiy SCHRda tashkil etilgan targ'ibot tadbiri yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirga tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi Akbar Eshqo'ziyev ma'ruza bilan ishtirok etdi. Uchrashuv mobaynida konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va normalar alohida sharhlandi.
Shuningdek, tadbirda harbiylar va ularning oila a'zolariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida keng ma'lumotlar berildi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati