Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Xizmatlar qaynoq choy va issiq mehr bilan


Ayni vaqtda yurtimizda hukm surayotgan noqulay ob-havo sharoitida barcha Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratilmoqda.

Xususan, Sirdaryo viloyatida davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurayotgan fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish bilan birga  issiq choy va shirinliklar ulashilmoqda.

Darhaqiqat, ozgina e’tibor inson ko‘nglini tog‘dek ko‘tarsa, g‘amxo‘rlik va shirin so‘z ruhiyatga quvvat bag‘ishlaydi. Bugun davlat xizmatlari markazlarida aholi va tadbirkorlarga ana shunday e’tibor ko‘rsatilib, qaynoq mehr ulashilmoqda.

Adliya boshqarmasi Axborot xizmati