Янгиликлар
15
HARBIY XIZMATCHILAR BILAN UCHRASHUV SAMARALI BO'LDI
Korrupsiya va odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar jahon hamjamiyatini bugun har qachongidan ham jiddiy tashvishga solmoqda. Xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm qatori barqaror tinchlikka tahdid solayotgan bu illatlarning tobora avj olayotgani xatarli, albatta. Uning oldini olish esa aholi orasida profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, keng miqyosda tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borishni taqozo qiladi.
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi” doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzuda so‘z bordi.
Tadbirda Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi Dilnoz Umurzoqova korrupsiya va odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, ushbu jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, ushbu jinoyatlarning salbiy oqibatlari hamda belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda Mirzaobod tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi mas'ul xodimi yong'in xavfsizligiga rioya qilish, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan o'z tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi hamda bu borada olib borilayotgan tushuntirish-profilaktik ishlar haqida ma'lumot berdi.
Harbiy xizmatchilar bilan muloqot savol-javoblarga boy tarzda o'tdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati