Янгиликлар
15
Biz tabiatni birgalikda himoya qilamiz!
Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks choralar belgilandi.
Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga egaligi belgilandi. Aholimiz va kelajak avlod uchun ekologik toza hududni saqlab qolishning konstitutsiyaviy kafolatlari yaratildi.
Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan "Biz tabiatni birgalikda himoya qilamiz" shiori ostida 5-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida fuqarolarning ekologik huquqlari va burchlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z bordi.
Muloqotda yurtimizning go‘zal tabiati, musaffo havosi, betakror go‘zalligini asrab-avaylash, bunda, ayniqsa yoshlarning mas’uliyatini yanada oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Tadbirning savol-javob, bahs-munozalar asosida tashkil etilgani o‘quvchilarning ekologik huquqlari, konstitusion burchlarini yanada chuqur o‘rganish uchun zamin yaratdi.
Yakunda mavzuga doir targ'ibot materiallari hamda faol o‘quvchilarga Konstitutsiya kitoblari sovg‘a qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati