Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish kiritildi


“Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartirish kiritildi

Oʻzbekistonda metrologiya xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektorni keng jalb etish hamda davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning ushbu sohada faol ishtirok etishi uchun koʻproq imkoniyatlar berish zarurati yuzaga kelmoqda.

OʻRQ–872-son Qonun bilan «Metrologiya toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻlchash vositalarini qiyoslash xizmatlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan koʻrsatilishini, oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini, shuningdek metrologiya tekshiruvi hamda davlat metrologiya nazorati funksiyalarining ajratilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

https://hudud24.uz/metrologiya-tugrisidagi-konunga-uzgartirish-kiritildi/