Янгиликлар
23
INTELLEKTUAL MULK HUQUQI QONUN HIMOYASIDA
Intellektual mulk - ijodiy aqliy faoliyat mahsuli. Ixtirochilik va mualliflik obʼyekti huquqi majmuiga kiruvchi, fan, adabiyot, sanʼat va ishlab chiqarish sohasida ijodiy faoliyatning boshqa turlari, adabiy, badiiy, ilmiy asarlar, ijrochi aktyorlik sanʼati, jumladan ovoz yozish, radio, televideniye asarlari, kashfiyotlar, ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari, sanoat namunalari, kompyuterlar uchun dasturlar, maʼlumotlar bazasi, nou-xauning ekspert tizimlari, tovar belgilari, firma atamalari va boshqa aqliy mulk obʼyektlariga kiradi.
Yangiyer shahar adliya bo'limi tomonidan "O'zimiz keldik" shiori ostida Guliston davlat universitetining Yangiyer shahridagi pedagogika fakultetida tashkil qilingan seminarda intellektual mulkni muhofaza qilish muhim vazifalardan biri ekanligi ta'kidlanib, uning himoyasi hamda huquqiy kafolatlari haqida haqida batafsil tushunchalar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati