Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

"O‘zbekiston – 2030 strategiyasi": ustuvor yo'nalishlar, muhim maqsadlar


O‘zbekiston – 2030 strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat 100 ta maqsadni qamrab oladi. Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Bo‘ston” mahallasida tashkil etilgan seminarda strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va g‘oyalar xususida so‘z bordi.

Tadbirda so‘z olganlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, xalqqa xizmat qilishi shart bo‘lgan adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish, mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g‘oyalar o‘z ifodasini topganligini ta’kidlab Strategiyada o‘z aksini topgan ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga ham urg‘u berildi. Ichki ishlar organlari mas’ullari “qizil” hudud toifasiga kirgan ushbu mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ijtimoiy profilaktik tadbirlar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Shuningdek, muloqotda jinoyat tushunchasi, jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari, tuhmat, haqorat qilish, terrorizm, mehnat qilish huquqini buzish, aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan mulkiy zarar yetkazish, mulkni qasdan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, axborotlashtirish qoidalarini buzish, hokimiyat yoki manasab vakolati doirasidan chetga chiqish, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, yolg‘on ko‘rsatmalar berish kabilar jinoyat ekanligi, va bu jinoyatlar uchun jazo muqarrarligi tushuntirib o‘tildi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdayo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati