Янгиликлар
24
Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun qanday hujjatlar taqdim etilishi kerak?
Javob: Nikohdan ajralganlik haqida dalolatnoma yozuvini tiklash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:
belgilangan namunadagi ariza;
adliya boshqarmasi idoraviy FHDY arxivining nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yo‘qligi (yo‘qolganlik sabablari ko‘rsatilgan holda) haqidagi ma’lumotnomasi;
pasportning kseronusxasi (nusxasi);
nikoh tuzilganligi haqida nikohdan ajratish to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan ma’lumotnoma;
ilgarigi nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi bo‘lganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.