Янгиликлар
24
Adliya vaziri o‘rinbosari Sirdaryoda quyi tizimlar faoliyatini o‘rgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatidagi xizmat safari davomida Boyovut, Guliston, Sardoba, Oqoltin tumanlari, Shirin shahar adliya boʻlimlarida boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, nogironligi boʻlgan fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayatgan yuridik xizmatlar sifati , FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayoni, FHDY arxivida hujjatlarning saqlanishi holatini oʻrgandi.
Shuningdek, tizim xodimlari bilan suhbatlashib, jamoaviy birdamlik ruhini koʻtarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash hamda kasbiy bilim va malakani oshirish, eng muhimi xizmat vazifasiga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi taʼkidlandi.
Muloqotda quyi tuzilmalar faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, chora-tadbirlar belgilab olindi.
Adliya boshqarmasi Axborot xizmati