Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Oʻzbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi hamda "O'zbekiston-2030" strategiyasi m


“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida Sirdaryo viloyatida siyosiy oʻquv-seminar tashkil qilindi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, adliya boshqarmasi vakillari, tuman va shahar partiya faollari hamda deputatlar ishtirok etdi. Seminarda Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Inomjon Qudratov, Adliya boshqarmasi shoʻba boshligʻi Bobur Norbayev ishtirok etib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasini qabul qilish zaruriyati va kutilayotgan natijalar, saylov va referendum qonunchiligiga kiritilishi nazarda tutilayotgan normalar xususida maʼruza qilishdi.

Taʼkidlanganidek, Loyihada Saylov kodeksiga hamda 7 ta qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, Saylov kodeksiga Qonunchilik palatasi saylovini aralash (majoritar, proporsional) saylov tizimi asosida oʻtkazish tartibini kiritish taklif etilmoqda. Shunda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga ajratilmoqda. Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati majoritar saylov tizimi asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari proporsional saylov tizimi asosida, yaʼni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar boʻyicha yagona saylov okrugidan saylanishi belgilanmoqda.

Tadbirda saylov qonunchiligiga kiritilayotgan oʻzgarishlar hamda referendumga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar yuzasidan keng maʼlumotlar berildi. Shuningdek, seminarda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlar haqida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.

Qizgʻin munozalar asosida oʻtgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati