Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish va bartaraf etishga xizmat qilmoqda


Mamlakatimizda inson huquqlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilib, davlat idoralarining aholi murojaatlari bilan ishlashi bo‘yicha yaratilgan tizim ayni vaqtda juda qo‘l kelmoqda. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar aholining dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish va huquqiy tushuntirishlar berishda kutilgan natijalarni berishi, shubhasiz.

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safari davomida Xovos tumanida sayyor qabul o‘tkazib, aholi muammolarini o‘rgandi.

Tadbirda dastavval vazirlik mas’ullari, tuman hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan 5 nafar ishsiz, ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari va Pazandachilik uskunalari, 2 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

Shundan so‘ng aholi murojaatlari tinglandi. Masalan, fuqarolar G.Isayeva hamda X. Atabayevning moddiy yordam olish bo‘yicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida yechim izlandi.  Hozirda foydalanilmay kelinayotgan binoni ijaraga olish yoki xususiylashtirishda  amaliy yordam so‘rab mas’ullarga yuzlangan Q.Botirovning murojaati yuzasidan  zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda bandlik va mehnat munosabatlari, kommunal soha, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam, meros, o‘lim faktini belgilash, ta’lim sohasidagi muammolar, shartnomaviy-huquqiy munosabatlar  bilan bog‘liq 30 dan ortiq  boshqa murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

Qabul mobaynida fuqarolarning ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Adliya boshqarmasi Axborot xizmati