Янгиликлар
26
Sirdaryoda o‘rganish ishlari davom etmoqda
Xabaringiz bor, ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida quyi tizimlar faoliyatini o‘rganmoqda. Navbatdagi tashrif manzillari Xovos tumani, Yangiyer va Guliston shahar adliya bo‘limlari bo‘ldi.
Mas’ullar an’anaga ko‘ra, tizimda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish asnosida mavjud imkoniyatlar ko‘lami, moddiy-texnik baza, FHDY arxivida hujjatlarning saqlanishi ahvoli, binoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirishdi.
Shundan so‘ng adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY idoralari, davlat xizmatlari markazlari xodimlari bilan suhbatlashib, soha faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ko‘nikmalarni oshirish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yuzma-yuz muloqotlarda xodimlarning huquqiy xizmat ko‘rsatish sifati va natijadorligini oshirishga oid taklif va mulohazalari tinglandi, shuningdek sohada duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati