Янгиликлар
26
Guliston, Boyovut, Sirdaryo, Sardoba, Xovos tumanlari davlat xizmatlari markazlarida ham xorijga chiqish biometrik pasportini berish yoʻlga qoʻyildi.
Xabaringiz bor, 2022-yil 1-yanvardan Davlat xizmatlari markazlarida ichki ishlar boʻlimlari bilan bir vaqtda Oʻzbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish bosqichma-bosqich boshlangan edi.
Yaqinda Guliston, Boyovut, Sirdaryo, Sardoba, Xovos tumanlari davlat xizmatlari markazlarida ham xorijga chiqish biometrik pasportini berish yoʻlga qoʻyildi.
Endilikda xorijga chiqish pasportini olish istagidagi fuqarolarimiz ushbu markazlarga tashrif buyurib, xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Maʻlumot uchun: Xorijga chiqish biometrik pasporti berganlik uchun BHMning 1 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar) koʻrsatiladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati