Янгиликлар
27
Oʻzimiz keldik: Kontrafakt va asl mahsulotni farqini biling!
“Oʻzimiz keldik” shiori ostida Guliston shahar “Ulugʻobod” mahallasida joylashgan 12-umumtaʼlim maktabida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Unda Adliya boʻlimi boshligʻi S.Togʻayev ishtirok etib intellektual mulk tushunchasi va obyektlari, kontrafakt va asl mahsulotning farqi haqida keng maʼlumotlar beririb, intellektual mulk muhofazasiga qaratilgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Shuningdek, uchrashuvda “Oʻzbekiston-2030” strategiyasi, uning yoʻnalish va maqsadlari toʻgʻrisida atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Keng qamrov kasb etgan tadbir davomida ishtirokchilar qonunchilikka oid yangiliklar, huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasida firibgarlik va qalbakilashtirish jinoyatlarining oqibatlari haqida tushunchalarga ega boʻldilar.
Adliya boshqarmasi Axborot xizmati