Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Diqqat firibgar: Kartadagi pulni ulardan himoya qiling!


Bugungi kunda fuqarolarimiz orasida birovni aldash, ishontirish orqali uning mol-mulkini qo‘lga kiritayotgan, ishonuvchan va sodda odamlarni aldab, mo‘may pul mablag‘ini qo‘lga kiritayotgan firibgarlar safi kengayib bormoqda.

Firibgarlar nafaqat mobil telefon va hamyonlarni sezdirmay o'g'irlashi, balki bank kartalaridagi pulga noqonuniy egalik qilishi ham mumkin. Kartadagi pulni ulardan himoya qilish uchun ko'plab yo'llar va texnologiyalar ixtiro va tashkil qilingan. Firibgarlarning tuzog'iga tushmaslik uchun xavfsizlik qoidalariga rioya qiliish lozim.


Xovos tuman adliya bo‘limi hamda ichki ishlar bo‘limi hamkorligida "qizil" hudud toifasidagi "Nurli kelajak" mahallasida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida firibgarlik jinoyati va uning salbiy oqibatlari, kartadagi pulni firibgarlardan qanday himoya qilish masalalarida so'z yuritildi.

Shuningdek, tadbirda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahallada sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, unga imkon bergan sharoitlar o'rganildi.


Muloqotda pul-kredit, avtomobil oldi-sotdisi, xayriya jamg‘armalari va ularning faoliyati, qurilish va rieltorlik faoliyatidagi firibgarlik haqida ham fikr-mulohazalar bildirilib, bu borada hushyorlikni oshirish davr talabi ekanligi tushuntirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati