Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

IFTIXOR MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O'TKAZILDI


Boyovut tuman adliya boʻlimi tomonidan "Iftixor" mahallasida o'tkazilgan sayyor qabulda  aholi muammolari oʻrganildi.

“Nogironlar huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbir davomida moddiy yordam, subsidiya, imtiyozli kredit olish, tibbiy xizmatdan foydalanish kabi masalalarda 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.

Shundan 5 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Shu kuni yana 8 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Tadbir davomida nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Adliya boshqarmasi Axborot xizmati