Янгиликлар
27
NIKOHNING QONUNIYLIGI HUQUQ VA MANFAATLAR KAFOLATI BOʻLADI
Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonun asosida oʻtkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Xovoslik I.Tashmuratov 2009-yilda N.Irisaliyeva bilan turmush qurdi, hozirda 2 nafar farzandi bor, biroq ularning nikohi hech qayerda qayd etilmagan.
Birgina shu hujjatning yoʻqligi oilaning koʻplab ovoragarchiligiga ham sabab boʻlgani bor gap.
Xovos tuman FHDY boʻlimi xodimlarining koʻmagi bilan 14 yildan buyon sharʼiy nikohda yashab kelayotgan ushbu oilaning nikohi qonuniy rasmiylashtirilib, guvohnoma berildi.
Adliya boshqarmasi axborot xizmati