Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Davlat xizmatlarini muddatida va sifatli ko'rsatish masalalari tanqidiy tahlil qilindi


Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilning 25-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev ishtirokida 2023-yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Sirdaryo viloyatida 340 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 6 157 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 1 960 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 26 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 273 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar, aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan DXMlarga takroran murojaat qilishlariga va natijada DXM xodimlarining vaqti cheklanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni  bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Adliya boshqarmasi Axborot xizmati