Янгиликлар
27
HUQUQIY SAVODXONLIK – DAVR TALABI
Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasida tashkil etilgan “Huquqiy ma’rifat soati”da “O‘zbekiston-2030” strategiyasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.
Unda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova, Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi A. Abduvohidov ma’ruza bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda strategiyada 2023-2024-yillar uchun ko‘zlangan birlamchi maqsadlar hamda 2030-yilgacha amalga oshirilishi lozim boʻladigan uzoq yillik maqsadlar haqida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Adliya boshqarmasi Axborot xizmati