Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sirdaryoda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari bo'lib o'tdi


Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 8 maydagi PF–67-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida davlat xizmatchilari uchun o‘quv-seminarlari tashkil etildi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali tashabbusi bilan viloyat hokimligi hamda viloyat adliya boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Bosh qonunimizning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlash joizki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma’noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi.

Shu boisdan, yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini to‘liq ta’minlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.

Shu maqsadda belgilangan chora-tadbirlar dasturiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati hamda sud-huquq tizimi xodimlarining yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish uchun dastur tashkil qilindi.

Maqsad — boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga erishish.

Seminar dasturiga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori O.Narzullayev, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari A.Shayjigitov, Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Boirov tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiya ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi ustuvor vazifalar, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari hamda jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi fundamental vazifalar to‘g‘risidagi muhim yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruza va taqdimotlar qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati