Янгиликлар
18
KONSTITUTSIYA BARCHA QONUNLARNING ASOSI
Konstitutsiyada O‘zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu insonga e’tibor hamda g‘amxo‘rlik yanada kuchaytirilayotganidan dalolat beradi.
Guliston shahar adliya bo'limi tomonidan “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Sirdaryo filialida tashkil etilgan targ'ibot tadbiri yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirga Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti S.Xalilov ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv mobaynida konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va normalar alohida sharhlandi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati