Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishda davlat xizmatini koʻrsatish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (480-son, 19.09.2023-y.) bilan Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

Reglamentga koʻra, mazkur davlat xizmati Adliya vazirligi (vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi.

Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishga doir talabnomani topshirish boʻyicha harakatlar talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki vakili orqali amalga oshiriladi.

Shunga koʻra, davlat xizmatidan foydalanish uchun vakolatli organning axborot tizimi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali yoxud pochta aloqasi boʻyicha talabnoma topshiriladi.

Soʻng talabnoma beruvchi 3 oy davomida talabnoma topshirish uchun patent boji toʻlovini amalga oshirishi kerak.

Patent boji toʻlangach, talabnoma qabul qilinib, uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan xabarnoma talabnoma beruvchiga yuboriladi.

Intellektual mulk markazi talabnoma kelib tushgan sanadan 30 kun davomida talabnomaning rasmiy ekspertizasini amalga oshiradi.

Reglamentga koʻra, jumladan, quyidagilar tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:

davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

tovar va uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi yolgʻon yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;

jamiyat manfaatlariga, odamiylik va axloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar.