Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya boshqarmasi boshlig'i "Ma'naviyat" mahallasida sayyor qabul o'tkazdi


Adliya tizimida o‘tkazilayotgan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” aksiyasi aholi muammolarini o‘rganish, qonunchilikdagi yangiliklarni mahallabay, fuqarobay targ‘ib qilish, islohotlar har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.


Aksiya doirasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov Guliston shahar “Ma’naviyat” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Ushbu mahalla jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha “qizil” hudud toifasiga kiritilgan. Tadbirda dastlab mahalla obodligi va xavfsizligini ta’minlashda har bir fuqaroning mas’uliyatini oshirish, kelgusida nohush holatlar sodir etilishini oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Shundan so‘ng, aholi muammolari o‘rganildi. Sayyor qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi, shundan 7 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlar berildi, 8 tasi joyida o‘z yechimini topdi, o‘rganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga olindi.



Tadbir davomida Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uyma-uy yurgan holda fuqarolar bilan muloqot qildi. Jaroyonda muammolar manzilli o‘rganilib, aholini o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati