Янгиликлар
12
Qonunchilikdagi yangiliklar
Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrda shakllantiriladi
Hukumat qarori (385-son, 14.08.2023-y.) bilan Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, Yagona reyestrda tadbirkorlik faoliyati sohasidagi majburiy talablar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ochiq va umumiy foydalanish uchun joylashtiriladi.
Majburiy talablarni qisqartirish va ularning Yagona reyestrini shakllantirish ishlarini tashkil etish ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.