Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Bilasizmi?


Oʻzbekistonda tovar belgisini roʻyxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga (ip.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

Talabnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

tovar belgisi sifatida belgini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma beruvchining uning joylashgan joyi yoki yashash manzili koʻrsatilgan arizasi;

alabnomada koʻrsatilgan belgining tasviri;

belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar yoki xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan tovarlarning roʻyxati.

Agar talabnoma patent vakili orqali berilgan boʻlsa, qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan va uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Shuningdek, talabnomaga talabnomani topshirish uchun belgilangan tartibda patent boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.