Янгиликлар
28
Xushxabar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi bosh maslahatchisi Uralova Ruxsora Toshpulatovna “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Ruxsora Toshpulatovnani ushbu e’tirof va yuksak mukofot bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.