Янгиликлар
30
YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN!
Mustaqillik - bu huquq, mustaqillik hech kimga qaram bo‘lmaslik, o‘z ishini o‘zi hal etish, erkin yashash, erkin nafas olish, eng muhimi katta imkoniyatlar va katta mas’uliyatdir.
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bu yilgi bayram shodiyonalari Sirdaryoda ham o‘zgacha shukuh va a’lo kayfiyat bilan nishonlanmaqda. Bayram shukuhi ko‘ngillarga ko‘chgan.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Bilimdonlar maskani”da tashkil etilgan bayram tadbirida mustaqillik atalmish buyuk ne’matnining qadr-qimmati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z bordi.
Jurnalistlar, milliy madaniy markazlar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etgan mazkur tadbirda Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova so‘zga chiqib jamiyat hayotidagi o‘zgarish va yangilanishlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuvda Mustaqillik bergan imkoniyatlar, so‘z, fikr va axborot erkinligi, jurnalistlarga qonunchilikda berilgan kafolatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati