Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

"Navro'zobod" mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Adliya tizimida o‘tkazilayotgan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” aksiyasi qonunchilikdagi yangiliklarni mahallabay, fuqarobay targ‘ib qilish, islohotlar har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aksiya doirasida Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Navro‘zobod” mahallasida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ishga joylashish, subsidiya, kredit olish, meros, kommunal to'lov, alimnet undirish kabi masalalarda 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi, shundan 7 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy maslahatlar berilib, o‘rganish muddat talab qiladigan 4 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Bundan tashqari, oila va nikoh, davlat xizmatlari yo‘nalishlarida fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan masalalarga huquqiy yechim topildi.

Jarayonda 20 nafar fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati sodda va xalqchil ruhda aks ettirilgan buklet va flayer tarqatildi. Bu esa islohotlar mohiyati har bir uyga kirib borishi uchun xizmat qilishi, shubhasiz.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati