Янгиликлар
30
Bayramga munosib tuhfa bilan
Bu yil yurtimizda Vatanimiz Mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" degan shior asosida keng nishonlanmoqda.
Ushbu qutlug‘ bayram arafasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, adliya bo‘limi boshlig‘i S.Tog‘ayev, Yoshlar yetakchisi X.Sheraxanov hamda «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Yu.Usmanova bilan hamkorlikda Guliston shahar 6-mavze, “Buyuk kelajak” mahallasida hamda “Ulug‘obod” mahallasida davlatning g‘amxo‘rligi va e’tiborini kutayotgan hamda ko‘makka muhtoj yoshlar holidan xabar olindi.
Yoshlar va ularning ota-onalari bialn muloqotlar mobaynida mas’ullar mamlakatimizda “Inson qadri” uchun ezgu g‘oyasi asosida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishdi.
Shu bilan birga, bayram munosabati bilan gulistonlik yoshlarga sovg‘a va bepul dori-darmonlar ulashildi.
Ayniqsa, “Ulug‘obod” mahallasida yashovchi Sherzod Isroilovga sartaroshlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnomaning taqdim qilinishi bayramga munosib tuhfa bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati