Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya boshqarmasida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi


Xalqning ulkan jasorati va matonati bilan 1991-yil 31-avgustda qo‘lga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ko‘p ming yillik tarixdagi hech qachon unutilmaydigan, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqeadir.

«Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun» shiori ostida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bayram tantanalarida mustaqillikning qadr-qimmati va ahamiyati yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda.

Bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov kirish so‘zi bilan ochib, barchani bayram bilan muborakbod etdi.

Mamlakatimizda so'nggi yilllarda islohotlar jarayonlari yangi bosqichga ko‘tarildi, inson qadri ulug‘lanib, huquq va manfaatlarini himoya qilish qadriyatga aylandi, - dedi S.Sattarov o'z ma'ruzasida. Ayniqsa, adliya tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida huquqiy va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasi yanada takomillashmoqda.
Tadbirda soha xodimlarining bu boradagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi Ruxsora Uralova "Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlandi. Marosimda ushbu yuksak mukofot R.Uralovaga tantanali ravishda topshirildi.

Bu mukofot kelgusi faoliyatim samaradorligini oshirishda, yoshlarga kasb sirlarini o'rgatib, tarbiyalashimda mehga ulkan mas'uliyat va kuch bag'ishlaydi, - deydi R. Uralova.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan samarali mehnati, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda qo‘shayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar Adliya vazirligi hamda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

Shuningdek, mehnat vazifalarini namunali bajarib kelayotganligi, soha rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi va samarali mehnati uchun adliya boshqarmasining 2 nafar xodimiga muddatidan oldin maxsus unvonlar – martaba darajalari berildi.


Bundan tashqari, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi bir guruh notariuslar “Notariat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishonlari hamda O'zbekiston Respublikasi notarial palatasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Mustaqillik bu huquq, mustaqillik keng imkoniyatlar degani. Bu yilgi bayram menga bir olam quvonch olib keldi.  34 yildan buyon notariusman, mehnatlarim e'tirof etilib, “Notariat sohasiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim, bugun juda baxtiyorman, - deydi M.Xudoyberdiyeva. Hali ko'p yillar xalqimizga xizmat qilaman.

Mustaqillik bayramini Adliya xodimlari mana shunday ko'tarinki kayfiyatda qarshi olmoqdalar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati