Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI


Bugun Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Yangi  hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida “Bilimlar kuni”ga bag’ishlab ma’naviy tadbir tashkil etildi.
Unda texnikum talabalari, adliya faxriylari, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar o'qituvchi va talabalarni yangi o'quv yili bilan tabriklab, mustaqillik atalmish buyuk ne’matnining qadr-qimmati, hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Mustaqillik darslarida xalqimizning 32 yil davomida erishgan yutuqlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, tadbir doirasida "Abdulla Oripov" tavallud kunini eslash, Adliya vaziri stipendiyasi sovrindorlarini taqdirlash marosimlari ham bo‘lib o‘tdi.

Yuridik texnikumda yangi o‘quv yili mana shunday ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.