Янгиликлар
04
KOPPUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI
Bugungi kunda dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan korrupsiya illati azaldan davlat va jamiyat ravnaqiga to‘sqinlik qilib kelayotgan omillardan biri hisoblanadi.
Ushbu illatga qarshi kurashishda davlat xizmatchilarining huquqiy bilimlarini yuksaltirish dolzarb vazifa.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Statistika boshqarmasida tashkil qilingan tadbirda ayni mavzuda so‘z bordi.
Unda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda qabul qilingan qonunchilik hujjatlari - O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Muloqotda poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytirishi ta’kidlanib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829 son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, "Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan" aksiyasi doirasida moddiy yordam, kredit olish, uy-joy olish, yer, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish kabi masalalarda huquqiy tushuntirishlar berldi.
Yakunda ishtirokchilar o‘zlarinin qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati