Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan


“Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” huquqiy aksiyasi doirasida Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 16-son umumta’lim maktabida targ'ibot tadbiri hamda sayyor qabul tashkil qilindi. Unda umumta'lim maktabi pedagof-xodimlari, "Istiqlol" mahallasi fuqarolari ishtirok etdi.

Mazkur mahalla jinoyatchilik ko'ksatkichi bo'yicha "qizil" hudud  toifasida kirgan. tadbir avvalida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha fikr almashildi. Tadbir jarayonida qonunchilikdagi yangiliklar ishtirokchilar e'tiboriga yetkazildi. Xusussan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829 son Qonuni mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi.

Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi. Jarayonda 10dan ortiq murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 2 ta murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi.

Shuningdek, Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan  uyma-uy yurib targ‘ibot qilindi, ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilishi bilan bir qatorda bo‘lim xodimlari tomonidan qonun hujjatlarini targ‘ib qiluvchi hujjatlar fuqarolarga tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati