Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Guliston tumani sektor rahbarlari va hokimlik boshqaruv apparati rahbar va xodimlari uchun ekspress trening tashkil etildi


Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan Guliston tumani hokimligida  yangi tayinlangan sektor rahbarlarining lavozimga kirishish jarayonini jadallashtirish, hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo'lida birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarlarining samarali faoliyat uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni berish maqsadida ekspress trening tashkil etildi.

Trening mahalliy hokimliklar uchun ustuvor bo'lgan mavzularda Agentlikning hududiy filiali xodimlari, Davlat boshqaruvi akademiyasining Guliston hududiy filiali hamda viloyat boshqarmalarining malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi H.Sayitov yangi tahrirdagi Konstitutsiya mazmun-mohiyati yuzasidan ma'ruza qildi hamda bu borada tinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.