Янгиликлар
16
HAR BIR UYGA BEPUL HUQUQIY MASLAHAT BILAN
Bugun aholining huquqiy axborotga ehtiyoji katta. Boisi islohotlar jarayoni jadallashib, qonunchilik takomillashmoqda.
Adliya tizimida o‘tkazilayotgan “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” aksiyasi qonunchilikdagi yangiliklarni mahallabay, fuqarobay targ‘ib qilish, islohotlar har bir xonadonga kirib borishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.
Aksiya doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Taraqqiyot” mahallasida tashkil etilgan tadbir dastlab sayyor qabul tarzida o‘tdi. Unda aholi muammolari o‘rganilib, yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Targ‘ibot guruhi a’zolari uyma-uy yurgan holda aholi bilan muloqot ham qildi. Hayotiy zarur nasalalar, qonunchilikdagi yangiliklardan yuzasidan o'zaro fikr almashildi, muammo va takliflar o'rganildi. Jarayonda huquqiy targ‘ibotning samarali usulidan foydalanildi, qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati sodda va xalqchil ruhda aks ettirilgan buklet va flayer tarqatildi.
Bir so‘z bilan aytganda, qonunchilikdagi yangiliklar endi har bir uyga kirib boradi, adliya mahallada, adliya xalq orasida.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati