Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"Namuna" mahallasida aholi muammolari o'rganildi


Adliya organlari bugun xalqqa yanada yaqinlashib, ularning muammolariga huquqiy yechim topish borasida ko‘maklashib kelmoqda. “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan!” aksiyasi ham ayni maqsad uchun xizmat qiladi.

Aholi muammolarini o‘rganish, ularga huquqiy maslahat berish ishlari Sirdaryo viloyatida ham qizg‘in olib borilmoqda. Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan “Namuna” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Tadbirda subsidiya olish, uy-joy ta’miri, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ta’lim krediti, moddiy yordam, ishga joylashish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Shundan 20 ta murojaatga joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga qabul qilindi.

Sayyor qabul davomida aholiga 10dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi, shundan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun navbatga qo'ish 3 ta, sanatoriyaga navbatni tekshirish uchun 2 ta, elektron raqamli imzo kalitini olish bo‘yicha 3 ta va boshqa sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, Guliston shahar adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurib aholi bilan muloqot qilindi. Jarayonda qonunchilikdagi yangiliklar mazmun-mohiyati yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.  


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati