Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida ta’lim-tarbiya va yoshlar masalalari


Sirdaryo viloyatida “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” ish boshladi. Pedagoglarga o‘zaro tajriba almashish va yangi bilimlarni egallashlariga ko‘mak berish maqsadini ko‘zlagan mazkur forum yangi o‘quv yili oldidan dolzarb vazifalarni belgilab olish uchun ham o‘ziga xos maydon vazifasini bajaradi.

E'tiborlisi, forum doirasida tashkil etilayotgan o‘quv-seminarlarida o‘qituvchilarning nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar targ‘ibotiga keng o'rin ajratilmoqdaki, bu soha xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Umumta’lim maktablari rahbar va o‘qituvchilari uchun joriy yilning 12-avgust kuni Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan o‘quv-seminarida Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Boirov, 14-avgust kuni Oqoltin tuman 1-umumta’lim maktabida tashkil etilgan o‘quv-seminarida Oqoltin tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Abdurahimov ishtirok etib "Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasida ta’lim-tarbiya va yoshlar masalalari" mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir jarayonida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati slaydlar vositasida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, mehnat qonunchiligi, ta’lim tizimiga oid masalalarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati