Янгиликлар
14
Harbiylar bilan uchrashuv o'tkazildi
Sirdaryo tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Sirdaryo shahridagi 525-son harbiy qismda huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi.
Unda O’zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi 328-son Qonuni va 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi 436-II-sonli Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir mobaynida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiya mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi hamda askarlarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati