Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Yoshlar muammolarini o'rganish, ularga huquqiy ko'mak berish adliya e'tiborida


Yoshlar muammolarini o'rganish va ularga huquqiy ko'mak berish adliya e'tiborida. Guliston shahar adliya bo'limi boshlig'i S.Tog'ayevning  “Buyuk kelajak” hamda “Ulug‘obod” mahallalarida yashovchi alohida e'tibor va g'amxo'rlikka muhtoj yoshlar bilan muloqoti bandlik, moddiy yordam, ta'lim olish kabi yoshlarni o'ylantirayotgan ko'plab masalalarga huquqiy yechim topish imkonini bermoqda.

Galdagi uchrashuvda adliya mas'ullariga  Yoshlar yetakchisi X.Sheraxanov hamda «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi Sirdaryo viloyat bo‘limi raxbari Yu.Usmanovalar harohlik qildi. Hamkorlikda yoshlar muammolari o'rganildi, murojaatlar qabul qilindi.

Uchrashuv davomida  “Buyuk kelajak” va “Ulug‘obod” mahallasida yashovchi yoshlarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.

M.Jumanazarov adliya ko'magi va huquqiy maslahatlari bilan bandligi ta'minlanib, Soliq.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi.  Tadbir jarayonida unga tegishli ma'lumotnoma taqdim etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati