Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Otinoyilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


Sirdaryo viloyati Guliston jome’ masjidida viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan Otinoyilarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularning ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishdagi rolini oshirish maqsadida o‘quv seminar tashkil etildi.

Seminarda dastlab otinoyilarning vazifasi haqida fikr yuritilib, yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatimiz ijtimoiy va diniy hayotida ro‘y berayotgan yangilanishlardagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Iroda Muhammadiyeva ishtirok etib, meros tushunchasi, meros ishlarini notarial rasmiylashtirish tartibi haqida batafsil to'xtalib o'tdi hamda ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Tadbir yakunida "Iqror manzili" nomli videorolik namoyish etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati