Янгиликлар
31
Qonunchilikdagi yangiliklar targ'ib qilindi
Boyovut tumani “Markaz” MFY Madaniyat istirohat bog‘ida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir tashkil etildi. Tadbirda dastlab, Ombudsman sayyor qabuli, band bo‘lmagan fuqarolar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari mehnat yarmarkasi, aholi uchun tor doiradagi mutaxassislar ishtirokida tibbiy ko‘rik, fuqarolarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va imkoniyatlar bo‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda Adliya, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi mas’ullari so‘zga chiqib, yangi qabul qilingan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umurzoqova "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, muloqot davomida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi hamda aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan tarqatma materiallar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati