Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

So'ragan edingiz...


Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni nimalarni nazarda tutadi?


Iste’molchilarni gaz tarmoqlariga ulash jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:

texnik shartlarni ishlab chiqish;
gaz ta’minoti loyihasini ishlab chiqish va kelishish;
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni hisobga olish priborini plombalash;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish uchun, yiliga 100 000 va undan ortiq kubmetr tabiiy gazdan bitta pribor uchun yoqilg‘i sifatida foydalanuvchi yuridik shaxslar gaz xo‘jaligining mavsumiy va uzoq muddat ishlovchi gaz iste’moli obyektlarini ishga tushirish uchun ruxsatnomalar berish;
gaz ta’minoti shartnomasini tuzish;
sozlash-ishga tushirish ishlarini amalga oshirish;
tabiiy gazni yetkazib berish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-martdagi 256-son qarori.