Янгиликлар
03
RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI SIRDARYODA
Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Adliya vaziri A.Tashkulov boshchiligidagi ishchi guruh o‘z faoliyatini Xovos tumanidagi “Tinchlik” mahallasida sayyor qabul bilan boshladi.
Sayyor qabulda subsidiya olish, kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ish haqini undirish, ishga joylashish, kommunal sohadagi muammolar yuzasidan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Shundan 20 ta murojaatga joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 murojaat ish yurituvga qabul qilinib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati