Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

ISHCHI GURUHNING PEDAGOGLAR BILAN MULOQOTI SAMARALI BO'LDI


Aholi va tadbirkorlik subyektlari muammolarini o'rganish hamda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasida Sirdaryo viloyatida "Adliya-mahalla-maktab" hamda "Adliya tadbirkorga ko'makchi" loyihalarini amalga oshirish bo'yicha namunaviy tizimni yaratish yuzasidan Respublika ishchi guruhining navbatdagi  uchrashuvi Xovos tumanidagi umuta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan Davlat huquqi va asoslari  fani o‘qituvchilari bilan bo‘lib o‘tdi.
Ishchi guruh rahbari, Adliya vaziri A.Tashkulov pedagoglar bilan muloqotga kirishar ekan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishda ularning roli muhimligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda ta’lim tizimidagi muammolar, sohani va huquqiy ta'limni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati